Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonlik jurnalistga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi polisiyaga taslim bo‘ldi

Qozog‘istonlik jurnalistga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi polisiyaga taslim bo‘ldi

Aydos Sodiqovga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan Oltoy Jakanboyev Qozog‘iston polisiyasiga taslim bo‘ldi.

Ukraina poytaxti Kiyevda qozog‘istonlik jurnalist Aydos Sodiqovga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan ikki shaxsdan biri Oltoy Jakanboyev Qozog‘iston huquq-tartibot idoralariga taslim bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, bu 21 iyun kuni sodir bo‘lgan. Jakanboyev ish holati bo‘yicha so‘roq qilingan, boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Bir kun avval Ukraina hukumati Qozog‘istonning ikki fuqarosi – Oltoy Jakanboyev va Meyram Qoratoyevni suiqasd ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga bergan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Jakanboyev va Qoratoyev 2 iyun kuni Polshadan Ukrainaga kelgan, shundan so‘ng ular Sodiqovni kuzatish maqsadida uy ijaraga olgan va mashina sotib olgan. Suiqasd 18 iyun kuni sodir bo‘lgan. Qoratoyev jurnalistning mashinasiga yaqinlashib, uning boshiga ovoz o‘chirgichli to‘pponchadan o‘q uzgan. Shundan so‘ng, Jakanboyev va Qoratoyev jinoyat joyidan qochib, Moldovaga jo‘nab ketgan. Sodiqov suiqasddan omon qolgan, biroq uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Aydos Sodiqovning rafiqasi Nataliya ijtimoiy tarmoqlarda gumonlanuvchilardan biri polisiyachi ekanini yozdi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi bunga javoban Qoratoyev ichki ishlar organlaridan 2019 yil yanvarida bo‘shatilganini ma’lum qildi.

Aydos Sodiqov va Natalya bir milliondan ortiq obunachilarga ega bo‘lgan «Base» YouTube kanalining mualliflari. O‘z videolarida ular Qozog‘iston hukumatini tanqid qiladi, shuningdek, korrupsiya va polisiya zo‘ravonligi haqida gapiradi. 2014 yildan beri Sodiqovlar Kiyevda istiqomat qiladi. 2023 yilda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Sodiqovlarni nafrat uyg‘otganlikda ayblab, qidiruvga bergan edi.

Kiritildi: 22:00 22.06.2024. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!