Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonlik jurnalistga Rossiyaga kirish taqiqlandi

Qozog‘istonlik jurnalistga Rossiyaga kirish taqiqlandi

Qozog‘istonlik jurnalist Irina Mednikova unga Rossiyaga kirish taqiqlangani va bu haqda u Moskvaga uchish arafasida turgan paytda bilganini aytdi, deb yozadi “Orda”.

Qozog‘iston Yoshlar axborot xizmati asoschisi, jurnalist va jamoat arbobi Irina Mednikova opasining yubileyiga ketayotgan edi. Qozog‘iston ayeroportida u Rossiyada qora ro‘yxatga kiritilgani va shuning uchun uchmasligi kerakligi haqida ogohlantirilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odam kirish taqiqi haqida faqat jo‘nab ketgan kuni bilib oladi. Chipta sotib olayotganda bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q.

Avvalroq “Adildik yo‘li” jamoat birlashmasi ijrochi direktori Didar Smagulov unga Rossiyaga kirishi umrbod taqiqlangani haqida ma’lum qilgandi.

Qozog‘iston yaqinda keskin bayonotlar bilan chiqqan rossiyalik tarixchi Andrey Grozinga kirishni taqiqladi.

Kiritildi: 15:10 18.05.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!