Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston hududiga bug‘doy olib kirishni 5 oyga taqiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
“Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali bug‘doy tranziti, shuningdek ularni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bir davlati hududidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining boshqa davlati hududiga Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali o‘tkazish bundan mustasno, Qozog‘iston Respublikasiga uchinchi davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan Qozog‘iston Respublikasi hududiga barcha turdagi transport vositalarida bug‘doy olib kirish uchun 2024 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatga taqiq joriy etilsin”, - deyiladi hujjatda.