Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonga Suriyadan 171 bola qaytarildi

A A A
Qozog‘istonga Suriyadan 171 bola qaytarildi

Qozog‘iston “Jusan” maxsus gumanitar operasiyasining navbatdagi bosqichi doirasida Suriyadagi jangovar harakatlar hududlaridan 171 bolani qaytardi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ma’lum qildi.

“Mening topshirig‘imga ko‘ra 28 maydan 31 maygacha “Jusan” operasiyasining yakunlovchi 3-bosqichi o‘tkazildi. Suriyadan yurtdoshlarimizning navbatdagi guruhi qaytarildi. Qozog‘iston davlat tuzilmalarining ishi va xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlik evaziga jangovar harakatlar hududlaridan 171 bola qaytarildi”, deb aytilgan Toqayevning bayonotida. 

Bolalar Qozog‘istonga qaytarilgach maxsus moslashuv markaziga joylashtirilgan. Ular bu yerda reabilitasiyadan o‘tishadi va barcha zaruriy yordamni olishadi.

Toqayev operasiyaning barcha ishtirokchilari – maxsus xizmatlar xodimlari, diplomatlar, harbiylarga minnatdorlik bildirgan. 

O‘z navbatida Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi Yerlan Karin o‘z Telegram-kanalida o‘tkazilgan operasiya doirasida bolalar bilan birga 67 ayol ham evakuasiya qilinganini ma’lum qilgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 22:45 31.05.2019. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik