Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda zargarlik buyumlari narxi 4,9 foizga oshdi

A A A
Qozog‘istonda zargarlik buyumlari narxi 4,9 foizga oshdi

- Yanvar oyi oxirida Qozog‘istonda yillik hisobda zargarlik buyumlari va soatlar narxi 4,3 foizga oshgan. Xususan, oltin nikoh uzuklari yil davomida 2,9 foizga, qo‘l soatlari 10,1 foizga qimmatlashdi, deya xabar beradi Kazinform agentligi Milliy statistika byurosi matbuot xizmatiga tayanib.

Ayni paytda Qozog‘istonda qimmatbaho zargarlik buyumlari ishlab chiqarish kamaygan. Zargarlik buyumlari va shu kabi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 2022 yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga kamaydi.

Shunday qilib, o‘tgan yilning 12 oyi davomida Qozog‘iston korxonalari tomonidan 1,2 milliard tenge (2022 yil yanvar-dekabr – 1,4 milliard tenge) qiymatidagi zargarlik buyumlari va shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Kiritildi: 16:00 15.02.2024. O'qildi: 1867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!