Qozog‘istonning Atirau shahrida polisiya 2021 yilda tug‘ilgan bolaning favvoradagi o‘limi holatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
26 iyul, juma kuni bolaning oyog‘i "Ayteke bi ko‘chasidagi favvoraga aylanma nasos yordamida tortilib, natijada bola halok bo‘ldi" - deyiladi IIYu bayonotida.