Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati nomi Turkiston deb o‘zgartirildi. Endilikda viloyat markazi Chimkent emas, Turkiston shahri bo‘ladi. Bu haqda "Tengrinews.kz" xabar bermoqda, dedi "azon.uz".
Prezident Nursulton Nazarboyev 19 iyun kuni “Qozog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.
Qonunga ko‘ra, Shu paytgacha Janubiy Qozog‘iston viloyatining markazi bo‘lib kelgan Chimkent respublika boshqaruvidagi shaharga aylantirildi. Endi u Ostona va Almati singari aholi bir milliondan oshgan shaharlar safidan o‘rin oldi.
“Asrlar davomida Qozoq xonligi va butun turk dunyosining siyosiy va ma’naviy yuragi bo‘lib kelgan Turkiston shahri viloyat markazi bo‘ldi”, – dedi Nazarboyev. Uning ta’kidlashicha, ma’muriy fnksiyalarni sifatli tarzda amalga oshirish uchun Turkiston viloyatida barcha imkoniyatlar mavjud.