Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4,8 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi

Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4,8 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi

Qozog‘istondagi suv toshqinlari oqibatida 4,8 mingdan ortiq xususiy uy suv ostida qolgan. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro mudofaasi va harbiy birlashmalar qo‘mitasi mas’ul xodimi Erasil Saypash brifingda ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Unga ko‘ra, suv toshqini davri boshlanganidan buyon qutqaruvchilar tomonidan 107 119 kishi, jumladan 38 457 nafar bola evakuasiya qilingan. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 7414 kishi bor:

“Hozirgi kunda sakkizta hududda 4870 ta xususiy uy, 1264 ta hovli va 2035 ta bog‘cha uylari suv ostida qolgan. 3000 dan ortiq turar-joy va 2000 ga yaqin hovlilar suvsizlangan.

Mart oyida boshlangan suv toshqinlari sababli Qozog‘istonning sakkiz viloyatida favqulodda holat joriy etilgan. Qutqaruv ishlariga 35 mingdan ortiq kishi, 4 mingdan ortiq texnika va 14 samolyot jalb etilgan.

Kiritildi: 11:09 14.04.2024. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!