Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda Rossiya benzini importi uch oyga taqiqlanadi

Qozog‘istonda Rossiya benzini importi uch oyga taqiqlanadi

25 avgustdan boshlab Rossiyadan Qozog‘istonga benzin importi uch oyga cheklanadi. Energetika vazirligining tegishli buyrug‘i 17 avgust kuni «Qozog‘iston haqiqati» gazetasi tomonidan e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, taqiq temir yo‘l transporti orqali olib kelinuvchi 92- va 98-benzinga nisbatan qo‘llaniladi. Qozog‘iston Energetika vazirligi taqiqni Qozog‘iston neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ishlab chiqariladigan benzin profisiti bilan bog‘lagan.

Qozog‘istonda rasmiy darajada Rossiya benzini importini taqiqlash haqida gap-so‘zlar may oyida boshlangandi. Biroq, bu masala muntazam ravishda ortga surilib keldi. 7 avgust kuni respublika energetika vaziri o‘rinbosari Bolat Akchulakov taqiq avgust oyida kuchga kirishi haqida ma’lum qildi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 13:24 18.08.2018. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!