Kecha, 26 sentyabr kuni Sharqiy Qozog‘iston viloyatining bir qancha tumanlarida birinchi qor yog‘di. Viloyat aholisi qor bilan qoplangan manzara tasvirlari bilan bo‘lishmoqda, deb xabar bermoqda nur.kz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Markako‘l ko‘li yaqinida qor qoplami qariyb 30 santimetrga yetgan. Katon-Qorag‘ay tumani aholisi ham qor bilan qoplangan manzara tasvirlarini bo‘lishmoqda. Bir kun oldin Sharqiy Qozog‘iston viloyatining tog‘li hududlari aholisi yaqinlashib kelayotgan yomon ob-havo haqida ogohlantirilgan. Sinoptiklarning fikricha, bu yil kuz odatdagidan biroz sovuqroq. Sentyabr oyi uchun havo harorati me’yordan deyarli besh daraja past. Viloyat markazining o‘zida - Ust-Kamenogorskda - hali ham quyoshli va shamolsiz. “Markako‘l qo‘riqxonasi ob-havo stansiyasida 28 santimetrgacha qor yog‘di. Katon-Qorag‘ayda ham qor yog‘gan, biroq ularning balandligi 3 santimetrga yetgan, chunki qor ho‘l bo‘lib, yog‘ib erigan.”, - deya xabar berdi "Kazgidromet".