Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda ish vaqti bir soat oldin boshlanishi mumkin

Qozog‘istonda ish vaqti bir soat oldin boshlanishi mumkin

Qozog‘istonda yagona vaqt mintaqasiga o‘tilishi munosabati bilan ish vaqti o‘zgarishi mumkin, aniqrog‘i, bir soat oldin boshlanadi.

Hukumat yig‘ilishidan so‘ng OAV vakillari QR Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Svetlana Jaqipovaga quyidagi savol bilan murojaat qilishdi: “Respublikaning ayrim hududlarida soat mintaqasi o‘zgarishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda bir soat oldin ish boshlash bo‘yicha takliflar kelib tushmoqda. Chunki qishda erta qorong‘i tushadi. Bu taklif haqida qanday fikrdasiz, Mehnat vazirligining rejasi qanday?”.

“Bizga juda ko‘p xatlar keladi, ularga javob beramiz. Ish beruvchi va xodim o‘rtasida shartnoma mavjud, ish tartibi har ikki tomonidan tuziladi. Shuning uchun, qorong‘ida ishlamaslik uchun ish beruvchi bilan kelishib, ish tartibini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Aslida, bu murakkab savol emas”, - deb javob berdi Svetlana Jaqipova.

Shuningdek, vazir xususiy va byudjet muassasalariga takliflar kiritilganini aytdi.

“Biz taklif qildik, ya’ni ish bir soat oldin boshlanishi mumkin. Asosan, shartnoma ikki tomonlama tuziladi. Mehnat kodeksida, qonunga ko‘ra, yozilgan”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik rahbari.

Kiritildi: 23:31 25.06.2024. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!