G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Qaraultobe qishlog‘i yaqinida mahalliy aholi yerga qulagan uchuvchisiz apparatni topdi, deya xabar bermoqda Kazinform.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Qaraultobe hududida sodir bo‘lgan bo‘lib, “dron qoldiqlariga o‘xshash predmetlar” topilgani yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Ob’ekt aholi yashash punktidan tashqarida aniqlangan va holat o‘rganilmoqda.
Bu hududda bunday holatlar ilgari ham kuzatilgan. 2025 yil fevral–mart oylarida G‘arbiy Qozog‘istonning bir nechta tumanlarida noma’lum uchuvchisiz apparatlar topilgan.
Avvalroq, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bu kabi dronlarning 90 foizdan ortig‘i Rossiya 926-bosh uchish sinov markazi poligon hududiga to‘g‘ri kelishini bildirgan. Ushbu hudud va uning havo maydoni Rossiya tomonidan sinovlar uchun foydalaniladi.