Parlamentda ushbu masala muhokama qilingan.
Qozog‘istonda ayollarning bolalarni tarbiyalashini ta’minlash maqsadida ularning ish kunini qisqartirish taklif qilindi. Bu bo‘yicha parlamentda deputat Karakat Abden taklif bilan chiqqan, deya xabar bermoqda zamon.uz.
Parlament majlisida eng ko‘p muhokama qilingan takliflardan biri Skandinaviya mamlakatlari amaliyotiga o‘xshash tarzda ayollar uchun qisqartirilgan ish kunini joriy etish bo‘lgan.
“Bu ayollarga oilaga va bolalarni tarbiyalashga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Abden 24 soat faoliyat ko‘rsatuvchi bolalar bog‘chalari va ish joylarida bolalar xonalarini tashkil etish, shuningdek, tug‘ruq ta’tilini ikki yilgacha uzaytirishni taklif etgan.