Xabarda aytilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 17.25da Nursulton-Olmaota yo‘nalishida parvoz qilayotgan AN-26 harbiy samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘lgan va Olmaota aeroportida halokat qo‘nishini amalga oshirgan.
Halokat joyida o‘t o‘chirish, qutqaruv va tez yordam xizmatlari xodimlari ish olib bormoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmatiga tegishli bo‘lgan.
SputnikKZ xabariga ko‘ra, aviasiya xizmatiga tegishli uchoq Nur-Sultan-Almata yo‘nalishi bo‘ylab uchgan. Bortdagi 6 kishidan 4 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafari og‘ir jarohatlangan.
Ta’kidlanishicha, samolyot qo‘nish paytida aloqa uzilgan va keyinchalik yonayotgani ma’lum bo‘lgan.