Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston zilzilaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

A A A
Qozog‘iston zilzilaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Qozog‘iston bo‘ylab 23 fevral kuni keng ko‘lamli seysmik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulotlar davomida zilziladan ogohlantirish sirenalari ishga tushiriladi. Korxona, tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hokimliklar zilzila sodir bo‘lganda harakat qilish bo‘yicha ommaviy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi barchani xotirjamlikka chaqirmoqda.

Seysmik mashg‘ulotlar paytida aholi xotirjam bo‘lishi va evakuasiya qilinishi yoki xavfsiz joyda saqlanishi kerak bo‘ladi. Qutqaruvchilar zilzila xavfi yuqori bo‘lgan hududda yashovchilarga doimo qo‘llarida zarur buyumlar, dori-darmonlar va hujjatlar bo‘lgan favqulodda chamadon bo‘lishini tavsiya qiladi. Sharqiy Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari aholini seysmik tayyorgarlikda faol ishtirok etishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 14:58 22.02.2024. O'qildi: 2200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik