Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston va O‘zbekiston geologiya-qidiruv sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Qozog‘iston va O‘zbekiston geologiya-qidiruv sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Qozog‘iston va O‘zbekiston geologiya-qidiruv sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Kazinform.

Bu tashabbus Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov va qo‘shni davlat konchilik va geologiya vaziri Bobir Islomov o‘rtasidagi uchrashuvda ko‘tarildi.

Tomonlar mas’ul milliy kompaniyalar o‘rtasidagi aloqa, geologiya-qidiruv loyihalarini birgalikda amalga oshirish, geologik va texnik ma’lumotlar almashish masalalarini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining joriy yil 20 mart kuni Xivada bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvida idoralar rahbarlari strategik muhim foydali qazilmalar bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olgan edi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda rasmiy Astana va Toshkent ekspertlar darajasida taklif ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Buning uchun mas’ul vazirliklar, ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida qo‘shma konferensiya o‘tkazilishi mumkin.

Kiritildi: 20:59 19.05.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!