Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘iston o‘z avtomobil markasini yaratishga kirishdi

Qozog‘iston o‘z avtomobil markasini yaratishga kirishdi

Qozog‘iston o‘z avtomobil brendini yaratish yo‘lida dastlabki ishlarni boshlab yubordi, deb xabar qildi Qozog‘iston Avtomobil biznesi assosiasiyasi raisi Andrey Lavrentyev Kazinform nashriga.

Bu, O‘zbekistonning Uz-Daewoo yoki Rossiyaning Lada avtomobillari kabi, Qozog‘istonning o‘z avtomobil markasi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar qachon tugatilishini ayta olmayman, lekin Hukumat aniq maqsadni oldimizga qo‘ydi. Asosiysi sarmoyadorlar ham ushbu loyihaga qiziqish uyg‘otmoqda. Yaqin kelajakda hamyurtlarimizni yaxshi yangilik bilan xursand qilsak ajab emas , - dedi Lavrentyev matbuot anjumanida.

Lavrentyev aytishiga qaragandan, Qozog‘iston milliy avtomobili Xitoyning Jac korporasiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi ham mumkin. Kompaniya ushbu loyihani o‘z mablag‘idan moliyalashtirishga ham tayyor.

Qozog‘iston avtomoblining nomi va uning qachon bozorga chiqishi ham hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qozog‘istonda Lada, Kia, Hyundai, Skoda, Chevrolet va Iveco nomli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda, lekin o‘z avtomobil brendi Qozog‘istonda hech qachon bo‘lmagan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil Qozog‘istonda 60 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Ulardan yarmi Respublika ichida ishlab chiqarilgan avtomobillar. 2017 yilga nisbatan avtomobil savdosi hajmi 24 %ga o‘sgan.

Kiritildi: 17:27 20.01.2019. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!