Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston Tojikistonni Tolibon bilan yarashtirishga harakat qilmoqda

Qozog‘iston Tojikistonni Tolibon bilan yarashtirishga harakat qilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonga ikki kunlik rasmiy tashrifi chog‘ida Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, To‘qayev Rahmonni hozirda Tolibon hukumati bilan «munosabatlarni normallashtirayotgan» Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy kursiga qo‘shilishga ko‘ndirgan.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston rahbari vositachilik va Tolibon bilan muzokaralarni boshlash platformasini taklif qilgan. «Manbalarda Prezident To‘qayev tashabbusi Vashington va, ehtimol, Pekin bilan kelishilganiga shubha yo‘q», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:13 25.08.2024. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!