Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston sobiq adliya vaziri 9 yilga qamaldi, mol-mulki musodara qilindi

Qozog‘iston sobiq adliya vaziri 9 yilga qamaldi, mol-mulki musodara qilindi

Qozog‘iston sudi hukmi bilan sobiq adliya vaziri Marat Beketayev to‘qqiz yil muddatga qamaldi.

U firibgarlik, yirik miqdordagi o‘zlashtirish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanishda aybdor deb topildi.

Sobiq vazirning tergovi «maxfiy» tamg‘asi ostida olib borilgani uchun ishga oid tafsilotlar ochiqlanmagan.

Beketayev 2023 yil oktyabrida qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u affillangan kompaniya manfaatlariga xizmat qilgan: har yili xizmatlar uchun shartnoma tuzgan, aslida bu xizmatlarning amaliy ahamiyati bo‘lmagan. Korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi bayonotiga ko‘ra, oqibatda davlatga yirik miqdorda ziyon yetkazilgan.

Qamoq jazosidan tashqari, sud mahkumning mulkini musodara qilish haqida ham qaror chiqardi.

Marat Beketayev 2016–2022 yillarda Qozog‘iston adliya vaziri bo‘lgan, keyin, 2023 yil boshiga qadar bosh vazir maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 20:28 30.06.2025. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!