Vazirlikning ta’kidlashicha, bunday eksportni amalga oshirish uchun tegishli xalqaro kelishuvlarga erishish va avvalo Qozog‘iston ichki bozori ehtiyojlarini to‘liq qoplash zarur.
«Eksport hajmini realizasiya qilish tegishli xalqaro kelishuvlarga erishish, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi ichki bozori ehtiyojlarini so‘zsiz ta’minlash sharti bilan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2026 yilda Qozog‘iston NPZlaridan Rossiya Federasiyasiga AI-92 avtomobil benzini jo‘natilmagan», — deb TASS Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lumotini keltirgan.
Avvalroq Qozog‘iston neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyaga benzin yetkazib berish uchun ajratilgan kvotalarni tanlamagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qozog‘iston qo‘shni davlatlarda yoqilg‘i narxi mamlakatdagidan yuqori bo‘lgani sababli avtomobil benzini eksporti imkoniyatini yopgan.
Shu bilan birga, Ukraina tomonidan Rossiya neft sanoati ob’ektlariga berilgan zarbalar Rossiyaning qator hududlarida jiddiy yoqilg‘i tanqisligini keltirib chiqargani xabar qilinmoqda.