Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston qaychili robotni patentladi

Qozog‘iston qaychili robotni patentladi

Qozog‘istonda dehqonchilikka ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga ega qaychili robot patentlandi. U dala ishlarida ko‘chatlar orasidagi begona o‘tlarni “yulish” - yo‘q qilish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Adliya vazirligining rasmiy vakili Talgat Uali patentlangan texnologiya haqida ma’lumot berdi.

“Sun’iy intellekt o‘simlik hamda begona o‘tlarning turini va ularning joylashuvini aniqlaydi. O‘tkirlangan va sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan qaychilari yordamida robot barcha begona o‘tlarning ildizlarini kesish orqali ularni yo‘q qiladi. Himoya zonasida joylashgan o‘simliklar esa kesilmay qoladi”, — dedi Uali.

Qozog‘iston qaychili robotni patentladi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Kiritildi: 14:33 02.07.2024. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!