Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston Moskva talabini bajarib, Rossiya fuqarosini tutib berdi

Qozog‘iston Moskva talabini bajarib, Rossiya fuqarosini tutib berdi

Qozog‘iston Moskva talabi bilan Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan til maktabi asoschisini qo‘lga oldi.

Uning advokati Diaz Kentayuli Axmetov BES media nashriga bu ma’lumotni tasdiqladi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Nakaznenko 17 sentyabr kuni Istanbulga uchmoqchi bo‘lgan vaqtda Olmaota aeroportida qo‘lga olingan. Uch kundan keyin sud uni 40 sutkaga hibsga oldi.

Axmetovning aytishicha, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan tadbirkorga nisbatan «terrorizmni oqlash» va harbiy «soxta» moddalari bo‘yicha ish ochilgan.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!