Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev hukumatning iste’fosini qabul qildi.
«Qozog‘iston Respublikasi hukumatining iste’fosi qabul qilinsin. Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri vazifasini bajarish vaqtincha Smailov Alixon Asxonovich zimmasiga yuklansin», — deyiladi farmonda.
Qayd etilishicha, hukumat a’zolariga vazirlar mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etish topshirilgan.