Prezident Qosim-Jomart Tokayev "Qazaqstan" milliy telekanaliga bergan intervyusida qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tish masalasi 2031 yilga qoldirilgani haqida xabar bergan.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘istonda til islohoti bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, "lotin" yozuviga o‘tishga shoshilmaslik kerak.
"Til siyosati kabi masalalarda shoshilmaslik kerak, chunki bu juda nozik mavzu”, — deya xulosa qildi Tokayev.