Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston hech qachon Rossiyadan voz kechmaydi - Tokayev

Qozog‘iston hech qachon Rossiyadan voz kechmaydi - Tokayev

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda do‘stlik va ittifoqchilik saqlanib qolgan, ikki mamlakat rasmiylari do‘stona munosabatlarni mustahkamlanish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston Prezidenti Tokayev “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston hukumati Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimiga qaramay, Rossiya oldidagi ittifoqchilik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortmayapti.

"Qozog‘iston hech qanday holatda ittifoqchilik majburiyatlaridan voz kechmaydi, bu noto‘g‘ri va oxir-oqibat kelajak nuqtai nazaridan asossiz ish bo‘lar edi. Ishonchim komilki, Rossiya hozirgi qiyinchiliklarni yengib o‘tadi, bu katta va adolatli davlat. Rossiya, o‘tgan tajriba shuni ko‘rsatadiki, u ekstremal vaziyatlarda juda yaxshi ishlaydi”,- degan u.

Shu bilan birga, davlat rahbari Qozog‘iston amaldagi sanksiyalar rejimini buzmasligi kerakligini tushuntirdi.

"Bundan tashqari, sanksiyalar rejimi buzilgan taqdirda iqtisodiyotimizga qarshi ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanilishi haqida bildirishnomalar olamiz. Biz Rossiya hukumati bilan jadal sur’atlarda ishlash va sanksiyalarni buzmagan holda zarur kelishuvlarga erishishda davom etamiz”, - deydi prezident.

Kiritildi: 21:41 16.06.2022. O'qildi: 2856 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!