Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qorovulbozor va Peshko‘ tumanlarida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi

Qorovulbozor va Peshko‘ tumanlarida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvida bu haqda ta’kidladi.
— Hudud uchun salohiyati yuqori bo‘lgan yana bir tarmoq – qurilish materiallari sanoati ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun viloyatdagi 78 ta kon uchastkasi auksionga chiqariladi, 37 ta istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlari amalga oshiriladi. Qorovulbozor va Peshko‘ tumanlarida qurilish materiallari klasterlari tashkil etilib, 10 trillion so‘mlik 282 ta loyiha amalga oshiriladi. Jumladan, xuddi G‘ozg‘ondagi kabi Peshkuda ham barcha infratuzilmaga ega, marmar-granitni chuqur qayta ishlash hisobiga yiliga 200 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradigan klaster tashkil etiladi,– Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 13:56 12.10.2021. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!