Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qorin va bo‘y nisbati — yuragingizga «tashxis»ni o‘zingiz qo‘ying!

Qorin va bo‘y nisbati — yuragingizga «tashxis»ni o‘zingiz qo‘ying!

Shvesiyaning Lund universiteti olimlarining fikricha, bel aylanasi va bo‘y nisbati (WtHR) an’anaviy tana vazni indeksi (TVI)ga qaraganda yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfini aniqlashda samaraliroqdir. Tadqiqot natijalari Yevropa kardiologlar jamiyati (ESS) kongressida taqdim etildi.

Tadqiqotchilar Malmö Preventive Projest loyihasining 1 792 nafar ishtirokchisi ma’lumotlarini tahlil qilishdi.

WtHR ko‘rsatkichi yuqori (0,65 va undan baland) odamlarda yurak yetishmovchiligi xavfi boshqalarga nisbatan 2,7 barobar yuqori ekanligi aniqlandi. Garchi tana vazni indeksi ham semizlik bilan bog‘liq bo‘lsa-da, unda yog‘ning taqsimlanishini hisobga olinmaydi, shu bois ba’zi bemorlarda «yolg‘on optimistik» prognozlar kelib chiqishi mumkin.

Ideal WtHR nisbati 0,5, ya’ni bel aylanasi odam bo‘yining yarmidan oshmasligi kerak. Masalan, odam bo‘yining balandligi 180 santimetr va bel aylanasi 90 santimetr bo‘lishi — yaxshi ko‘rsatkich.

«Ichki a’zolar atrofidagi (visseral) yog‘lar yurak uchun ayniqsa xavflidir. WtHR bu xavfni TVIdan yaxshiroq aks ettiradi», — dedi tadqiqot yetakchi muallifi, doktor Amra Juich.

Agar bel aylanasi bo‘yning yarmidan oshsa, salomatlikka xavflarning oldini olish uchun maslahatga shifokor huzuriga otlangan ma’qul, deya qo‘shimcha qilishdi olimlar.

Kiritildi: 05:29 20.05.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!