Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi.

Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

Kiritildi: 10:15 17.09.2024. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!