➖ Atamurat Shamuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Apparatining Investisiyalar, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sektori boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
➖ Kamiljan Aytbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
➖ Islambek Sdikov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.