Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda IIB xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda IIB xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Yusupov Jasurbek Maxsetovich ukasi Reymov Jo‘rabek Maxsetovichni To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tan-jarohat yetkazilganligi sababli IIB xodimlariga chora ko‘rishni so‘ragan murajaati tarqalgan.

Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va fuqaro Reymov Jo‘rbek Maxsetovichga yetkazilgan tan-jorahati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 12:49 24.08.2021. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!