Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda fojia: bir kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda fojia: bir kishi halok bo‘ldi

2019 yil 27 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida vaqtincha yashovchi M.YU. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasini Tazgara ovuli hududidan o‘tuvchi Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir yo‘lining 58-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro D.P. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, haydovchilar D.P. va M.YU. hamda M.YU. boshqaruvidagi Neksiya avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi G.K.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchi G.K. vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:19 28.03.2019. O'qildi: 1915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!