Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qiz guruh bo‘lib zo‘rlangan. Uning homilasi bor!

Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qiz guruh bo‘lib zo‘rlangan. Uning homilasi bor!

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qizning guruh bo‘lib zo‘rlangani haqida OAVlarda tarqalgan xabar yuzasidan Daryo ga izoh berdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi qizning besh oylik homilasi bor.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritishicha, Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqeani qator nashrlarda aytilgani kabi zo‘rlash, buning ustiga, guruh bo‘lib zo‘rlash deb atab bo‘lmaydi. Qiz 20 yoshli erkak bilan o‘z xohishiga ko‘ra aloqa o‘rnatgan.

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani Ichki ishlar boshqarmasi 13 fevral kuni 1999 yilda tug‘ilgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi 16 yoshga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi , dedi Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Qonunchilikka muvofiq, voyaga yetmagan qiz bilan aloqaga kirishgan yigit jamoat ishlaridan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazoga tortilishi mumkin.

Kiritildi: 18:05 21.02.2019. O'qildi: 13482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!