Hindistonda "qora mog‘or" deb nomlanuvchi mukormikoz kasalligining 8800 dan ortiq holatlari qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Kimyo sanoati vaziri Sadananda Govda bayonotida aytdi.
Unga ko‘ra, kasallanganlarning eng ko‘p soni Gujarat shtatida aniqlangan, u yerda kasallikning 2281 ta holati qayd etilgan. Bundan tashqari, yuqtirish holatlari Maharashtra, Andra-Pradesh va Telangana shtatlarida qayd etilgan.