Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qora dengiz turk taomlari: mazali, hayratlanarli va betakror ta’m

Qora dengiz turk taomlari: mazali, hayratlanarli va betakror ta’m

Turkiyaning Qora dengiz mintaqasi nafaqat o‘zining yashil tabiati, insonni kislorodga to‘ydiradigan yaylovlari bilan, balki, bir-biridan lazzatli sariyog‘da pishirilgan xushxo‘r taomlari bilan ham mashhurdir.

Sariyog‘ solib pishirilgan do‘lmalari, mayda baliqlari(hamsi), pishloqli cho‘ziluvchan muhlama quymog‘ining ta’mi butun dunyoga dong‘i ketgandir.

Qora dengizliklar uchun muhlama (quymoq) nonushtaning ajralmas qismidir. U yerda baliq yeyish uchun tuzalgan dasturxonda ham muhlamani uchratishingiz mumkin. Chunki qora dengizliklar muhlamaga kunning barcha qismida yeyish uchun eng mos taom deb qarashadi.

Muhlama sariyog‘, jo‘xori uni va chechil pishlog‘i solib pishiriladi. Pishloqning cho‘zilib chiqishi unga o‘ziga xoslik baxsh etadi. Shu bilan birga Qora dengizning sariyog‘li do‘lmasi barchaning ishtahasini ochishi tabiiy. Hamsi balig‘i esa, qiltanoqsiz mayda qarsildoq baliq bo‘lib, unga odatda, limon va piyoz qo‘shib iste’mol qiladilar. Bu hamsining ta’mini yanada boyitadi.

Qora dengiz turk taomlari: mazali, hayratlanarli va betakror ta’m Qora dengiz turk taomlari: mazali, hayratlanarli va betakror ta’m

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 11:34 30.12.2021. O'qildi: 4054 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!