Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qonunni hatlab baliq ovlagan vazir jarimaga tortilishi mumkin

A A A
Qonunni hatlab baliq ovlagan vazir jarimaga tortilishi mumkin

Britaniya tashqi ishlar vaziri qonunni buzib baliq ovlagani uchun jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar berdi Sky News.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens tegishli lisenziyasiz baliq ovlashga borishgan. Qonunni hatlab o‘tganini payqagan vazirning o‘zi bu haqda Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga xabar bergan (respekt).

Angliya va Uelsda chuchuk suvlarda baliq tutish uchun 13 yoshda ruxsatnoma olish shart. Shu hujjatsiz baliq tutganlarga 2 500 funt sterlinggacha jarima solinadi.

«Kentdagi qarorgoh hududidagi ovda Lemmining qarmog‘iga bironta ham baliq ilinmadi», — deb qo‘shimcha qildi telekanal.

Yaqinda chexiyalik ovchi uch metrli laqqa tutgandi.

Kiritildi: 17:47 14.08.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!