Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkak vahshiylarcha o‘ldirildi

Qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkak vahshiylarcha o‘ldirildi

Moskvaning sharqiy qismida qotillik sodir bo‘ldi. Unda begona qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkak vafot etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Sodir bo‘lgan voqea haqidagi xabar tergov qo‘mitasining markazida tasdiqlandi. Ma’lum qilinishicha, 38 yoshli marhum erkak bir qizni qutqarmoqchi bo‘lgan. Ammo unga tashlangan jinoyatchi tomonidan tanasining ko‘p qismiga pichoq yordamida urilgan jarohatlar sabab vafot etgan.

Tez yordam guruhi yetib kelgunga qadar ko‘p qon yo‘qotganligi bois voqea joyida halok bo‘lgan.

Aniqlanishicha, jinoyatchi yaqindagina koloniyadan chiqqan. Hozirda u qamoqqa olingan bo‘lib, unga nisbatan bir nechta moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 08:44 21.01.2019. O'qildi: 4171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!