Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi

Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi

Taniqli raqqosa, o‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Do‘stmuhamedova 1946 yilning 25 oktyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab 1965 yilda Toshkent davlat universitetini, 1977 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1965 yilda Munavvar Qori Yoqubov nomidagi O‘zbek Davlat filarmoniyasi balet solisti sifatida boshlagan va 1989 yilga qadar faoliyat olib borgan. Keyinroq “O‘zbekiston” Teatr-studiyasi solisti (1989-1991), Toshkent davlat madaniyat instituti Xalq musiqasi kafedrasi o‘qituvchisi (1991-1995), Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamg‘armasi qoshidagi milliy mumtoz raqs dastasining bosh badiiy rahbari sifatida (1999-2005) faoliyat yuritgan.

Qizlarxon Do‘stmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Go‘zal”, “Tong malikasi”, “Go‘zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo‘g‘ulchai segoh”, “Qorako‘zim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” va bilan mumtoz raqslari mashhur.

“Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (1972), “Tanavor” raqs ansambli (Siyetl, AQSh)da o‘zbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSh Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis kabi mamlakatlarda gastrol safarlarida bo‘lgan. Do‘stmuhamedova ijodiga bag‘ishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Kiritildi: 22:00 25.05.2023. O'qildi: 3941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!