Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qisman safarbarlikdan so‘ng Rossiyani tark etganlar soni 700 mingga yetdi

Qisman safarbarlikdan so‘ng Rossiyani tark etganlar soni 700 mingga yetdi

Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganidan keyin 700 mingga yaqin odam mamlakatni tark etdi. Ulardan 200 ming nafari Qozog‘istonga jo‘nab ketgan. Bu haqda xorijiy OAVlarga tayanib Darakchi xabar bermoqda.

"Safarbarlik boshlanganidan beri deyarli 1 million odam Rossiyani tark etdi",- deydi Kremlning hisob-kitoblaridan xabardor manba. Hukumatga yaqin yana boshqa shaxslarning aniqlik kiritishicha, gap 600-700 ming rossiyalik haqida ketmoqda.

Biroq Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmatidan bu borada hali biror aniq javob olinmagan.

Kiritildi: 07:48 05.10.2022. O'qildi: 1875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!