Bugun 26 iyun, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi

Qishloq xo‘jaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi

“Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi;
  • ushbu teknika, agregat, butlovchi qismlar takomillashtirilganda hamda ularga qo‘shimcha funksiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;
  • O‘zbekiston hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalarining yagona davlat reestriga kiritilgan qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishda foydalanishga ruxsat etiladi;
  • qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan sinov uskunalari va o‘lchash vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Kiritildi: 15:04 28.06.2020. O'qildi: 2044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!