Hukumat Qarori (373-son, 02.07.2024 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
⚡️ Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizini, biroq sug‘urta summasining 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
📁 Sug‘urta qildiruvchi subsidiya olish maqsadida “Agroplatforma” ATda ro‘yxatdan o‘tadi va quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
▪️sug‘urta shartnomasi;
▪️sug‘urta polisi;
▪️sug‘urta shartnomasida qayd etilgan sug‘urta mukofotining to‘liq to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasi va hisob-faktura.
✅ Sug‘urta qilish nazarda tutilgan sug‘urta qildiruvchining qishloq xo‘jaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
🏢 Qishloq xo‘jaligi vazirligi 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
🔍 Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
🔸sug‘urta qildiruvchining o‘z arizasiga asosan;
🔸belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
🔸sug‘urta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilganda;
🔸qishloq xo‘jaligi sub’ekti tugatilganda.
📌 Sug‘urta qildiruvchiga subsidiya ajratishni boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.