Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qishda Ukraina kuniga 20 soatgacha elektr ta’minotida uzilishlarga duch kelishi mumkin — Politico

 Qishda Ukraina kuniga 20 soatgacha elektr ta’minotida uzilishlarga duch kelishi mumkin — Politico

Nashr bu haqda Energetika sanoati tadqiqot markazi rahbari, Ukraina hukumatining energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Xarchenkoga tayanib ma’lum qildi.

Bu eng yomon ssenariy bo‘lib, Ukrainada harorat minus 10 darajadan pastga tushadi, Rossiya esa mamlakatning atom energetika tizimiga hujum qilishi mumkin.

Ukraina Milliy Strategik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Gennadiy Ryabsevning so‘zlariga ko‘ra, eng real ssenariy uylar va korxonalarda kuniga 8-14 soat elektr uzilishini nazarda tutadi.

Ismi oshkor etilmagan amerikalik mulozimning Politico nashriga aytishicha, AQSh Ukrainada "juda qattiq qish" bo‘lishini kutmoqda. Avvalroq “Ukrenergo” kompaniyasi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng og‘ir qishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 23:56 04.11.2024. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!