Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirol Charlz III Avstraliyaga tashrifi chog‘ida janjal markazida bo‘ldi

Qirol Charlz   III Avstraliyaga tashrifi chog‘ida janjal markazida bo‘ldi

Britaniya qiroli Charlz III turmush o‘rtog‘i qirolicha Kamilla bilan Avstraliyaga besh kunlik tashrifi chog‘ida janjal markazida qoldi . Bu haqda The New York Post xabar bermoqda .

21 oktyabr kuni Charlz III Avstraliya parlamentida nutq so‘zladi. Buyuk Britaniya qiroli o‘z nutqini tugatgandan so‘ng uni Avstraliyaning Viktoriya shtati senatori Lidiya Torp tanqid qildi. U sahnaga chiqdi va «bu sizning mamlakatingiz emas» deb baqirdi.

“Bizga yerimizni qaytarib bering. Bizdan o‘g‘irlagan narsalaringizni – suyaklarimizni, bolalarimizni, xalqimizni qaytarib bering. Siz bizning shohimiz emassiz. Siz bizning yerimizni vayron qildingiz, - deb baqirdi senator.

Xabar qilinishicha, xavfsizlik xodimlari Lidiya Torpni monarxga yaqinlashishga imkon bermay, tezda zaldan chiqarib yuborgan.

Kiritildi: 01:00 22.10.2024. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!