Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonlik «Raim-millioner» va uning akalari Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qirg‘izistonlik «Raim-millioner» va uning akalari Ozarbayjonda qo‘lga olindi

25 mart kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda Ozarbayjon hududida Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati raisining sobiq o‘rinbosari, xalqaro qidiruvda bo‘lgan Raimbek Matraimovni qo‘lga oldi.

Matraimov bilan birga uning akalari Tilek, Ruslan va Islombeklar ham hibsga olinib, Qirg‘izistonga olib ketilgan.

Departamentning ta’kidlashicha, Raimbek Matraimov marhum
«qonundagi o‘g‘ri» Qamchi Asanbek (Qo‘lboyev) bilan aloqador bo‘lib, bojxona xizmati xodimlari va hukumat amaldorlari orasidan jinoiy guruh tuzgan.

Matraimovga nisbatan «Qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish» va «Jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish (yuvish)» moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 10:23 27.03.2024. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!