Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonlik fuqaro Toshkentda "Malibu" avtomobilini noqonuniy tarzda sotib yubordi

Qirg‘izistonlik fuqaro Toshkentda "Malibu" avtomobilini noqonuniy tarzda sotib yubordi

2018 yil 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 7 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, O‘sh viloyati O‘zgan tumanida yashovchi X.Z. Transfer taxi MCHJ bilan tuzilgan ijara shartnomasiga asosan boshqaruv uchun olgan Malibu rusumli avtomashinani shartnomaga xilof ravishda sotish maqsadida Transfer taxi MCHJ nomidan sohta muhr yordamida qilingan hujjatlarni Davlat notarial idorasiga taqdim etish orqali avtomashinani 30 000 AQSh dollariga sotib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida X.Z. qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:13 20.01.2019. O'qildi: 2068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!