Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonlik deputatlar Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyurdi

Qirg‘izistonlik deputatlar Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston Jog‘orqu Keneshi deputatlaridan iborat delegasiya Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mehmonlar Marg‘ilon shahridagi «Atlas bayrami» to‘qimachilik festivali tadbirlarida ishtirok etib, hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ipak mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ziyoratgohlar katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.

Qirg‘iziston delegasiyasi vakillari Namangan shahridagi «Ideal» savdo majmuasi, kichik sanoat zonasida ham bo‘lib, tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, investision loyihalar bilan tanishdi. Mehmonlarga viloyatda amalga oshirilayotgan manzilli dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

– Bugungi kunda hududlararo munosabatlar yo‘lga qo‘yilayotganidan juda mamnunmiz, – deydi Jog‘orqu Keneshining xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi I. Pirmatov. – Farg‘ona va Namangan viloyatlarida mehmondorchilik an’analariga sodiq holda bayramona kutib olishganidan dillarimiz shodlikka to‘ldi. Har bir muloqotimiz rasmiyatchilikdan xoli, samimiy o‘tdi. Ayniqsa, investisiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bizda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muloqotlar so‘ngida ijtimoiy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:21 19.09.2018. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!