Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonga sel keldi: qurbonlar ko‘p

Qirg‘izistonga sel keldi: qurbonlar ko‘p

Qirg‘iziston janubida sel oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar qildi dushanba kuni RIA Novosti respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

"Oqsi tumanining Yangi-Yo‘l qishloq okrugida vaqti-vaqti bilan yog‘ayotgan yomg‘irlar oqibatida sel keldi. Yangi-Yo‘l va Toshtak qishloqlaridagi uylarning hovlilarini suv bosdi. Yetti nafar fuqaroni toshqin oqizib ketdi va 6 kishining jasadi topildi», - dedi matbuot xizmati vakili.

Unga ko‘ra, favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyda bir necha o‘nlab qutqaruvchilar ishlamoqda. Shuningdek, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga mahalliy hokimiyat, polisiya va ko‘ngillilar jalb qilingan.

Avvalroq, mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi SMS-xabarnoma orqali fuqarolarni mamlakatning tog‘li hududlarida 12-14 iyul kunlari toshqin xavfi to‘g‘risida xabardor qilgandi.

Kiritildi: 04:43 13.07.2021. O'qildi: 6439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!