Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1991 y.t. va 1993 y.t. ikki nafar fuqaro qo‘lga olinib, ulardan qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

⚖️ Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 10:09 28.08.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!