Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi.
17 yanvar kuni soat 15:17 da Qirg‘izistonning Botken viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi.
Zilzila magnitudasi: 2, chuqurlik: 48 km. Episentr Toshkentdan 214 km janubi-sharqda joylashgan.
Uning kuchi So‘x tumanida 2 ball bilan sezildi.