Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklarga qalbaki pasport rasmiylashtirib bergan ayol ushlandi

Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklarga qalbaki pasport rasmiylashtirib bergan ayol ushlandi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Qirg‘iziston fuqarolarining qalbaki pasportlarini tayyorlash kanali aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib 24.kg xabar berdi.

«O‘sh viloyatida tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan ayol ushlandi. U «Islomiy davlat» xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarining iltimosiga ko‘ra, O‘sh idoralaridagi aloqalari orqali terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasportlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchining uyida tintuv o‘tkazilganda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining ikkita pasporti topilgan. Tergov ularning haqiqiyligini tekshirmoqda. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.

Kiritildi: 22:04 29.03.2023. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!