Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda ota-onasini boqishdan bo‘yin tovlagan bolalar jazolanadi

Qirg‘izistonda ota-onasini boqishdan bo‘yin tovlagan bolalar jazolanadi

Qirg‘izistonda nogiron va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onasini boqishdan bosh tortgan, shuningdek, farzandiga aliment to‘lamayotgan shaxslarlarga nisbatan jazo kuchaytirilmoqda.

Jogorku Kenesh deputatlari ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarni uchinchi o‘qishda ma’qulladi.

Qonun loyihasi farzandlari uchun aliment to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yoki to‘liq bajarmagan, shuningdek, moddiy yordamga muhtoj keksa ota-onalarni qo‘llab-quvvatlashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan jazoni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, aliment to‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun ota-onalar sud hujjati yoki shartnoma asosida 60 soatdan 100 soatgacha bo‘lgan muddatga jamoat ishlari yoki 9 oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Moddiy yordamga muhtoj keksa ota-onasin boqishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha sud hujjati yoki aliment undirish to‘g‘risidagi kelishuv asosida mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalarga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun 500 BHMdan 1000 BHMgacha (50 - 100 ming som) jarima solish yoki 60 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoxud 9 oygacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan.

Kiritildi: 21:20 18.10.2024. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!